Namangandagi zoʻravonlik hodisasidan soʻng bir kishi qamoqqa olindi
Hozirda jinoyat ishi Namangan viloyati prokuraturasining ish yurituviga oʻtkazilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan oʻrnatilgan.

2026 yil sentabr oyida Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani IIB TB tomonidan tumandagi bogʻchada voyaga yetmagan shaxs zoʻrlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118 (Nomusga tegish) va 112-modda (Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish) lar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda jinoyat ishi Namangan viloyati prokuraturasining ish yurituviga oʻtkazilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan oʻrnatilgan.
Prokuratura tomonidan jinoyat ishi har tomonlama, toʻliq va xolisona tergov qilinishi hamda voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi taʼminlanadi.
Jinoyatga aloqadorligi, uning holatlarini yashirish yoki masʼul shaxslarning harakatsizligi bilan bogʻliq har bir aniqlangan holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.
Tergov natijalari haqida qonunchilikda belgilangan tartibda maʼlum qilinadi.
Avvalroq mazkur ish yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga taqdimnoma kiritgandi.
Unda respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar xavfsizligini qatʼiy taʼminlash choralarini kuchaytirilish zarurligi qayd etilgan.




