platina.uz
Jamiyat

Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga taqdimnoma kiritdi

Unda respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar xavfsizligini qatʼiy taʼminlash choralarini kuchaytirilish zarurligi qayd etildi. 

Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga taqdimnoma kiritdi

Bolalar ombudsmani tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga taqdimnoma kiritildi.

​ Bolalar ombudsmani oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchi bolaga nisbatan sodir etilgan jinsiy zoʻravonlik yuzasidan MMTVga joriy yilning 22-sentabr kuni tegishli taʼsir hujjati - taqdimnoma kiritdi.

Mazkur hujjat orqali Bolalar ombudsmani:

Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zoʻravonlik holati yuzasidan oʻtkazilayotgan xizmat tekshiruvi natijalarini tanqidiy koʻrib chiqish, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar koʻrilishini hamda masʼul xodimlarning belgilangan tartibda javobgarligi masalasini taʼminlashni soʻragan.

​Shuningdek, mazkur hodisaning sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar xavfsizligini taʼminlash, kelgusida ushbu holatlarga takroran yoʻl qoʻymaslik hamda ularning oldini olishga qaratilgan zarur choralar koʻrish talab etilgan.

​Jumladan,

​-respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar xavfsizligini qatʼiy taʼminlash choralarini kuchaytirilish;

​-maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining oʻz kasbiy vazifalarini bajarishi ustidan masʼullar tomonidan manzilli tekshiruvlar tashkil etish;

​-maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ichki nazorat mexanizmlari qayta koʻrib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi koʻrsatilgan.

​Qonunchilikka muvofiq, taqdimnoma ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida Vazirlik 15 kunlik muddatda Bolalar ombudsmaniga barcha hujjatlar nusxasini ilova qilgan holda maʼlumot berishi zarurligi belgilangan.

Avval Namangandagi zoʻravonlikka daxldor deya gumon qilingan xodimlar ishdan boʻshatilgani xabar berilgandi.

Bu kabi salbiy holatlar boshqa bogʻchalarda ham takrorlanmasligi uchun maxsus ishchi guruh aʼzolari tomonida barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid