platina.uz
Jamiyat

Toshkentda OTMning 3-bosqichidan oʻqishga kiritmoqchi boʻlganlar ushlandi

Ushbu noqonuniy ishga Yakkasaroy tumani IIO FMBning inspektor-psixologi ham aralashgani aniqlandi. Inspektor 7500 dollarni olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi. 

Toshkentda OTMning 3-bosqichidan oʻqishga kiritmoqchi boʻlganlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda oliy taʼlim muassasasiga noqonuniy tarzda oʻqishga kiritish bilan bogʻliq holat fosh etildi.

Xususan, 1997 yilda Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida tugʻilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxs oʻzganing ishonchiga kirib, tanishlari yordamida uni goʻyoki Rossiya Federatsiyasidagi oliy taʼlim muassasalaridan birida 2 yil oʻqiganligi toʻgʻrisidagi soxta hujjatlar asosida poytaxtda joylashgan xususiy oliygohning 3-bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilib, 7500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxsdan 7500 AQSh dollarini olgan vaqtida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida roʻyxatda turib, Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, 1993 y.t. fuqaro ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga Yakkasaroy tumani IIO FMBning inspektor-psixologi ham aloqadorligi aniqlandi va tezkor tadbir davom ettirildi.

Natijada, inspektor ham 7500 dollarni olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Toshkent viloyatida prokuror yordamchisi ushlangandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid