platina.uz
Jamiyat

Bobur koʻchasidagi uy boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritildi

Avval ushbu uy masalasida deputat Alisher Qodirov bayonot bilan chiqqandi. Qodirov binoni "hech kimga kerak emas" deya tariflab, Madaniy meros agentligini milliy merosni asrashga eʼtibor qaratishga chaqirdi.  

Bobur koʻchasidagi uy boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritildi

Madaniy meros agentligi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan madaniy meros obʼektini muhofaza qilish boʻyicha koʻrilayotgan huquqiy choralar boʻyicha maʼlumot berdi.

Agentlik tomonidan mazkur tarixiy binoning saqlanishiga tahdid solayotgan oʻtgan yillarda qabul qilingan qarorlarga huquqiy baho berish maqsadida Oʻzbekiston Bosh prokuraturasiga rasmiy murojaat yuborilgan.

Bosh prokuratura Madaniy meros agentligining pozitsiyasini toʻliq qoʻllab-quvvatladi. Qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish maqsadida nazorat organi tomonidan tegishli hokim qarorini noqonuniy deb topish talabi bilan sudga daʼvo arizasi kiritildi.

Agentlik mamlakatning madaniy va tarixiy merosini muhofaza qilish masalasida prokuratura organlarining tezkor munosabati va prinsipial pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi.

“Konstitutsiyamizning 61-moddasida fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashga majbur ekani aniq va tiniq qilib belgilangan. Qonun barcha uchun barobar. Shaxsiy manfaatlar yoʻlida mamlakatning madaniy merosini yoʻq qilishga qaratilgan har qanday urinishlarga biz qatʼiy va faqat qonuniy tartibda kurashamiz. Oʻzbekiston tarixini buzib tashlashga yoʻl qoʻymaymiz”, — deya taʼkidladi Madaniy meros agentligi rahbarining birinchi oʻrinbosari Elmurod Najimov.

Eslatib oʻtamiz. Bobur koʻchasidagi ushbu uy masalasida deputat Alisher Qodirov bayonot bilan chiqqandi. Qodirov binoni "hech kimga kerak emas" deya tariflab, Madaniy meros agentligini milliy merosni asrashga eʼtibor qaratishga chaqirdi. Soʻngra agentlik ushub uyga byudjetdan pul sarflanmasligi boʻyicha ham tushuntirish berdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid