platina.uz
Jamiyat

Milliy kutubxona ortidagi avtoturargohning ekologik ekspertiza xulosasi yoʻqligi maʼlum boʻldi

Loyihada 1 000 dan ortiq daraxt va buta ekilishi rejalashtirilgani qayd etilgan. Biroq yangi koʻchatlar mavjud koʻp yillik daraxtlar va shakllangan yashil hududlarning ekologik, iqlimiy va rekreatsion ahamiyatini toʻliq oʻrnini bosa olmaydi, deyiladi Ekologiya qoʻmitasi munosabatida. 

Milliy kutubxona ortidagi avtoturargohning ekologik ekspertiza xulosasi yoʻqligi maʼlum boʻldi

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda avtoturargoh tashkil etish va hududni obodonlashtirish loyihasi rejalashtirilayotgani haqida maʼlumot berilgandi.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, mazkur loyiha boʻyicha hozircha ekologik ekspertiza xulosasi mavjud emas.

Shu sababli hududda har qanday qurilish va obodonlashtirish ishlari, jumladan daraxt va butalarga, yashil maydonlarga hamda tuproq qoplamiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishlar tegishli ekologik baholashdan oʻtkazilmasdan amalga oshirilishi mumkin emas.

Loyihada 1 000 dan ortiq daraxt va buta ekilishi rejalashtirilgani qayd etilgan. Biroq yangi koʻchatlar mavjud koʻp yillik daraxtlar va shakllangan yashil hududlarning ekologik, iqlimiy va rekreatsion ahamiyatini toʻliq oʻrnini bosa olmaydi, deyiladi munosabatda.

Qoʻmita hududdagi mavjud yashil maydon va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qolish, ularni toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazish zarur, deb hisoblashini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha faollarning tanqidlariga ham sabab boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid