platina.uz
Sport

Yevrokuboklarning barcha finalida ingliz jamoalari oʻynaydi

Yevropa ligasi va Yevropa konferensiyalar ligasida ham finalchilar nomlari maʼlum boʻldi.

Yevrokuboklarning barcha finalida ingliz jamoalari oʻynaydi

Kecha tunda Yevropa ligasi va Yevropa konferensiyalar ligasi yarim final uchrashuvlari yakuniga yetdi hamda finalga Angliya klublari yoʻl oldi.

Yevropa konferensiyalar ligasi, yarim finallar

Mazkur musobaqaning yarim final oʻyinlariga Angliya, Ispaniya, Fransiya va Ukraina klublari yetib kelgan edi. Ammo finalga ispan va ingliz jamoalari chiqdi.

  • Rayo Valekano (Ispaniya) – Strasbur (Fransiya) - 1:0, 1:0
  • Shaxtyor (Ukraina) – Kristal Pelas (Angliya) - 1:3, 1:2

Final oʻyini 27 may kuni Leypsigda boʻlib oʻtadi. Unda Kristal Pelas va Rayo Valekano maydonga tushadi.

Yevropa ligasi, yarim finallar

Mazkur musobaqaning bitta yarim finali ingliz derbisiga aylanib ketdi. Agar qurʼada boshqacharoq omad kelganida ushbu derbi finalga koʻchishi mumkin edi.

  • Nottingem Forest (Angliya) – Aston Villa (Angliya) - 1:0, 0:4
  • Braga (Portugaliya) – Frayburg (Germaniya) - 2:1, 1:3

Final oʻyini 20 may kuni Istanbul shahrida Frayburg va Aston Villa jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.

Avvalroq Yevropa chempionlar ligasi finalchilari ham maʼlum boʻlgandi: Arsenal va PSJ.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid