platina.uz
Jamiyat

“Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 

“Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida “Haj” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro M.Ch. 18 000 AQSh dollar evaziga fuqarolar A.I. va B.X.ni “Haj” ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Samarqandda salkam yarim million dollarga yer sotmoqchi boʻlganlar aniqlangandi.

Gumonlanuvchilardan biri 50 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid