platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forumda Prezident murojaatini oʻqib eshittirdi

Tadbirda qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari maxsus taʼsis etilgan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. 

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forumda Prezident murojaatini oʻqib eshittirdi

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forumda Prezident murojaatini oʻqib eshittirdi.

20 aprel kuni Samarqand shahrida butun jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb mavzulardan biriga bagʻishlangan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum oʻz ishini boshladi.

Forumda 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspert va mutaxassislar, shuningdek, BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va ShHT kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar delegatlari ishtirok etmoqda.

Davlat rahbarining forum ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatini Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻqib eshittirdi.

Shuningdek, ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari maxsus taʼsis etilgan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Avvalroq Prezident narko-trafik xavfi yuqori boʻlgan hududlar uchun “maxsus rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqishni taklif etgandi.

Noqonuniy mablagʻlar harakatini dunyo boʻylab avtomatik aniqlaydigan, uni qabul qilgan bank yoki moliyaviy tashkilotni darhol xavf toifasiga kiritadigan “xalqaro raqamli qora kod” tizimini joriy qilish tashabbusi ilgari surildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid