platina.uz
Jamiyat

Bekmurod Abdullayev garov evaziga qoʻyib yuborildi

Ichki ishlar vaziri sobiq oʻrinbosari oʻtgan yil noyabrda ishdan olingan, keyinroq byudjet pullarini talon-toroj qilganlikda ayblanib qamalgandi.

Bekmurod Abdullayev garov evaziga qoʻyib yuborildi

Ichki ishlar vaziri sobiq oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev yetkazilgan 200 mlrd soʻmdan ortiq zararni naqd pul shaklda toʻlab berganidan soʻng qamoqqa olish ehtiyot chorasi garovga oʻzgartirilgan. Bu haqda Platina.uz manbasi tasdiqladi.

Jazoni ijro etish departamenti sobiq boshligʻi, Bekmurod Abdullayev bilan bir vaqtda ishdan olingan va tergovga jalb etilgan Rustam Tursunov hamon qamoqda qolayotgani aytilgan.

Eslatib oʻtish kerak, Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov oʻtgan yil noyabrda ishdan olingan, tizimdagi davlat xaridlarida 186 milliard soʻm byudjet mablagʻini oʻzlashtirganlikda ayblanmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid