platina.uz
Jamiyat

IIV propiska boʻyicha tushunmovchilikka izoh berdi

Poytaxt va Toshkent viloyatida roʻyxatdan oʻtish boʻyicha talablar yumshatilgani aholi orasida turli notoʻgʻri tushunchalar shakllanishiga sabab boʻlayotgandi.

IIV propiska boʻyicha tushunmovchilikka izoh berdi
Foto: Platina.uz | IIV Migratsiya va personallashtirish departamenti boshligʻi Ulugʻbek Tashxodjayev

Oxirgi yillarda poytaxtda va Toshkent viloyatida roʻyxatdan oʻtish boʻyicha talablar yumshatilgani aholi orasida turli notoʻgʻri tushunchalar shakllanishiga ham sabab boʻldi. Jumladan, Toshkentda “propiska” bekor qilindi, istagan joyda roʻyxatdan oʻtmasdan yashayverish mumkin, degan fikrni koʻp eshitamiz.

Biroq qonunchilikda nafaqat, Toshkent shahri va viloyatida, balki butun Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtib yashash talabi hamon oʻz kuchida. IIVning ommaviy axborot vakillari bilan 11 aprelda oʻtkazgan ochiq muloqotida ushbu masalaga batafsil izoh berildi.

“Agar roʻyxatdan oʻtmasdan, istiqomat qilish holati birinchi marta aniqlansa, BHMning 3 baravari miqdorida, 1 yil ichida qayta aniqlansa, 5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi. Shuningdek, ijaraga beruvchi tomon yoki uy-joy shirkatlari va mulkdorlar ham javobgarlikka tortilishi mumkin”, dedi IIV Migratsiya va personallashtirish departamenti boshligʻi Ulugʻbek Tashxodjayev.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 10 iyul kuni “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonun(OʻRQ–1074-son)ni imzolagandi.

Xususan, ushbu qonun bilan 2011 yil 14 sentabrda qabul qilingan "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida"gi va 2020 yil 13 mayda qabul qilingan "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi qonunlar oʻz kuchini yoʻqotgan.

Lekin Oʻzbekiston fuqarolari yashash joyi oʻzgargan taqdirda, yangi yashash joyiga kelgan kundan eʼtiboran 10 ish kunidan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtishi shart. Bu haqda Platina.uz batafsil tushuntirish berib oʻtgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid