Jizzaxda suv va kanalizatsiya narxi oshirildi
Qonunchilikka koʻra, kommunal xizmatlar narxi oshadigan boʻlsa, kamida 15 kun oldin OAVda eʼlon qilinishi kerak.

Jizzax viloyatida ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladigan boʻldi. Bu haqda 2026 yil 10 aprelda xalq deputatlari viloyat kengashi qarori imzolangan.
Ichimlik suvi:
- Aholi uchun 4500 (eski narx 4000);
- Byudjet tashkilotlari uchun 10 000 (eski narx 6000);
- Ulgurji isteʼmolchilar uchun 10 000 (eski narx 6000);
Oqova suv:
- Aholi uchun 2000 (eski narx 1700);
- Byudjet tashkilotlari uchun 4000 (eski narx 2500);
- Ulgurji isteʼmolchilar uchun 4000 (eski narx 2500).

Jizzaxda suv va kanalizatsiya tariflari bundan 2 yil avval, 2024 yil 15 fevralda oshirilgan edi. Viloyat hokimligi hozircha bu haqda rasman eʼlon berganicha yoʻq.
Yangi narxlar OAV orqali rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan. Ammo kommunal xizmatlar narxi oshadigan boʻlsa, kamida 15 kun oldin OAVda eʼlon qilinishi kerak.
Jizzaxda kommunal toʻlovlar narxi oshsa, darhol kuchga kirishi odatiy holga aylangan. Bundan oldingi qarorda ham shunday norma bor edi.
