"Oʻzbekgidroenergo" kuzatuv kengashida oʻzgarishlar boʻldi
3 mansabdorning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi, ularning oʻrniga ikki nafar chet ellik mutaxassis mustaqil aʼzo sifatida saylandi.

"Oʻzbekgidroenergo" AJ kuzatuv kengashida oʻzgarishlar boʻldi. Bu haqdagi yigʻilish bayonnomasi 13 mart kuni imzolangan.
Jumladan, quyidagi aʼzolarning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi:
- Mustafoyev Kuvonchbek Muxtor oʻgʻli – Iqtisodiyot va moliya vazirligining sanoat siyosatini amalga oshirish departamenti direktori oʻrinbosari;
- Xodjayev Sherzod Xikmatullayevich – Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori;
- Shukurov Behruz Komiljon oʻgʻli – Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv boshqarmasi bosh mutaxassisi.
Kuzatuv kengashiga quyidagilar 3 yil muddatga saylandi:
- Miraliyev Alisher Erkinovich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari;
- Kakurin Nikita Ivanovich – Franklin Templeton Asset Management kompaniyasining katta investitsion menejeri (mustaqil aʼzo);
- Martin Bernshtein – Amber Hill Capital (AQSh) kompaniyasining boshqaruvchi hamkori (mustaqil aʼzo).
Eslatib oʻtish kerak, Abdurahmonov Islom Abdugʻaniyevich "Oʻzbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangandi.
"Oʻzbekgidroenergo" AJ sobiq raisi Sanginov Abdugʻani Abdurahmonovich "Oʻzbekneftgaz" rahbari etib tayinlangandi.
