Toshkentda FVB xodimi qamoqqa olindi
U korxona hududiga oʻrnatilgan yongʻin xavfsizligi jihozlarini qabul qilish boʻyicha bayonnomani rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

FVB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi kichik inspektori oʻz xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, mahalliy MChJ rahbaridan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, FVB xodimi hamkasblari orqali, MChJ tomonidan mazkur tumanda faoliyat yurituvchi korxona hududiga oʻrnatilgan yongʻin xavfsizligi jihozlarini qabul qilish boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avval Namangan va Surxondaryoda energetika xodimlari ushlangandi.
Kosonsoy tumani elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar muhandisi tadbirkordan 17 mln soʻm olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
