Hosilbek Eshnazarovning oilasiga uch xonalik uy berildi
Toshkentdagi YTHda vafot etgan xodimning xotirasiga bagʻishlab yodgorlik majmuasi ham ochildi.

Toshkent shahar IIBBda xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan kichik serjant Hosilbek Eshnazarovning oilasiga uch xonalik uy berildi. Shuningdek, uning xotirasiga bagʻishlab yodgorlik majmuasi ochildi.
Marosimda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, poytaxt jamoatchiligi, Hosilbekning safdoshlari va oila aʼzolari ishtirok etdi.
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi 62-maktabda esa Hosilbek uchun yodgorlik barpo etiladi.

Shaxsan davlat rahbarining eʼtibori bilan, Hosilbek Eshnazarov yuksak unvon “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.
Tadbirda Ichki ishlar vaziri tomonidan ushbu medal Hosilbekning otasiga topshirildi. Shu bilan birga Prezident sovgʻasi sifatida Eshnazarovlar oilasiga uch xonali xonadon taqdim etildi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval marhum YPX xodimiga "Jasorat" medali berilgandi.
