platina.uz
Jamiyat

Prokuror yordamchisi pora olib, qochishga uringanda qoʻlga tushdi

2024 yilda qochib ketgan prokuratura tergovchisi hamon qidiruvda. Bu boʻyicha haligacha rasmiy xabar berilmadi.

Prokuror yordamchisi pora olib, qochishga uringanda qoʻlga tushdi

Prokuror yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda 2025 yilning sentabr oyiga qadar Shayxontohur tumani prokurori yordamchisi lavozimida ishlagan, hozirda Uchtepa tumani prokurori yordamchisi boʻlgan mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, yakka tartibdagi tadbirkorga Shayxontohur tumanida joylashgan 2 ta uyning yertoʻla qismidagi noturar maydonlarni ijaraga olib berganligini roʻkach qilgan. Soʻngra undan 15 ming AQSh dollarini oʻziga tegishli avtomashinada olib, hodisa joyidan qochishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur prokuror yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Avval Buxoroda bank xizmatlari markazi shoʻʼba mudiri qoʻlga olingandi.

2024 yilda Toshkentda prokuratura katta tergovchisi 40 ming dollar pora olib, qochib ketgan edi. Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid