platina.uz
Jamiyat

Buxoroda bank xizmatlari markazi shoʻʼba mudiri qoʻlga olindi

U 800 mln soʻm miqdorida kredit mablagʻi olib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan. Sirdaryoda esa tadbirkorlarga mikroqarzlar berish bilan shugʻullanuvchi MChJ menejeri ushlandi. 

Buxoroda bank xizmatlari markazi shoʻʼba mudiri qoʻlga olindi

Kredit va subsidiya ajratilishi uchun pul talab qilganlar qoʻlga olindi.

AT “Xalq banki” Romitan standart bank xizmatlari markazining shoʻʼba mudiri xizmat mavqeidan foydalangan holda oʻzganing ishonchiga kirib, unga boshqa tijorat bankida ishlovchi tanishlari orqali 800 mln soʻm miqdorida kredit mablagʻi olib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda shoʻʼba mudiri soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 1000 AQSh dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,192 prim 9-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, tadbirkorlik subʼektlariga mikroqarzlar berish bilan shugʻullanuvchi MChJning Guliston shahar filiali menejeri oʻzining hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali, Oqoltin tumanida yashovchi fuqaroga imtiyozli ravishda uy-joy olishi uchun subsidiya mablagʻi ajratilishida yordam berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilib, 96 mln soʻm olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda salkam 1 mlrd soʻmga yer sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlangandi.

U dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan yarim gektar yer maydonini oʻzganing nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga pora talab qilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid