platina.uz
Jamiyat

Kogondagi portlashda qurbonlar soni 5 kishi boʻlgan

Avvalroq mazkur baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlar 4 kishini tashkil etgani haqida rasmiylar xabar bergandi.

Kogondagi portlashda qurbonlar soni 5 kishi boʻlgan

2025 yil dekabr oyi boshida mudofaa sohasi uchun portlovchi moddalarni ishlab chiqarish sexida yuz bergan portlashda 5 kishi qurbon boʻlgan, 3 kishi tan jarohati olgan.

Avvalroq mazkur baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlar 4 kishini tashkil etgani haqida rasmiylar xabar bergandi.

  • Jarohat olganlar: R.F.R., N.S.S., O.D.N.;
  • halok boʻlganlar: E.B.B., Yu.B.B., R.K.Sh., A.A.A. va I.I.I.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026 yil 20 fevraldagi buyrugʻi bilan baxtsiz hodisani maxsus tekshirish va rasmiylashtirish uchun maxsus tekshirish komissiyasi tuzilgan.

Vazirlikning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektori D.Husanov maxsus komissiya ishida ishtirok etish uchun 2026 yilning 23 fevralidan 10 martiga qadar Buxoro viloyatiga xizmat safariga yuborilgan.

Maxsus komissiyaga baxtsiz hodisani joriy yilning 10 martiga qadar maxsus tekshirish va rasmiylashtirish hamda belgilangan muddatda hujjatlarni Ichki ishlar vazirligiga hamda tegishli idoralarga va vazirlikka taqdim qilish topshirilgan.

Prezident topshirigʻiga muvofiq Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.Rafiqov boshchiligida masʼul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat hukumat komissiyasi tuzilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid