platina.uz
Sport

"Qizilqum" klubi murabbiyi qoʻlga olindi

U 2008 yilda tugʻilgan oʻsmirni jamoaning asosiy tarkibiga oʻyinchi sifatida qabul qilish evaziga 20 mln soʻm talab qilgan. 

"Qizilqum" klubi murabbiyi qoʻlga olindi

Navoiyda futbol murabbiyi ushlandi. Mazkur xabarni OʻFA tasdiqladi.

“Qizilqum” professional futbol klubining “U-19” jamoasi bosh murabbiyi garchi, oʻyinchilar jamoaga belgilangan sinovlarda saralanib, klub komissiyasining qarori va rahbarning tegishli buyrugʻi asosida qabul qilinishini bilsada, oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda Nurota tumanida yashovchi, 2008 y.t. oʻsmirning ishonchiga kirdi.

Aniqrogʻi, uni jamoaning asosiy tarkibiga oʻyinchi sifatida qabul qilish evaziga 20 mln soʻm talab qildi.

Ammo, bosh murabbiy soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoiy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq IIV akademiyasiga kiritish uchun 12 ming dollar olganlar ushlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid