platina.uz
Sport

Messi jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi mumkin

Messi chap sonidan jarohat olgan. Agar u mundialgacha jismoniy holatini yaxshilay olmasa, turnirni oʻtkazib yuboradi. 

Messi jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi mumkin

Argentinalik futbolchi Lionel Messi yaqinda olgan jarohatidan soʻng oʻzining jismoniy holatiga ishonchi komil boʻlmasa, 2026 yilgi Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi mumkin.

The Touchline nashrining xabar berishicha, Argentina va Inter Mayami hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi mumkin.

38 yoshli argentinalikning qarori uning jismoniy holatiga bogʻliq boʻladi.

Agar Messi oʻzini 100 foiz jismoniy holatga ega emas deb hisoblasa, u oʻynamaydi. Xabarda aytilishicha, MLS darajasi yetarlicha yuqori yoki raqobatbardosh emas, shuning uchun u eng yaxshi formada boʻlishni xohlaydi.

Yaqinda Messi chap sonidan jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

Hozirda u asta-sekin jismoniy holatini tiklamoqda va mashgʻulotlarga qaytmoqda.

Avvalroq oʻzbekistonlik hujumchi Jaloliddin Masharipovning JChda qatnashishi soʻroq ostida qolgani aytilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid