platina.uz
Jamiyat

Yongʻin xavfsizligi talablari qoʻpol ravishda buzilgan obʼektlar vaqtincha yopiladi

Bu "Aviator" savdo markazida sodir boʻlgan yirik yongʻin kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun qoʻllaniladi.  

Yongʻin xavfsizligi talablari qoʻpol ravishda buzilgan obʼektlar vaqtincha yopiladi

Yongʻin xavfsizligi talablari qoʻpol ravishda buzilgan obʼektlar faoliyati toʻxtatiladi. Bu haqda FVV videobayonotida maʼlum qilindi.

Toshkent shahridagi "Aviator" savdo markazida sodir boʻlgan yirik yongʻin kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun respublika boʻylab ushbu toifadagi obʼektlarda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan ishchi guruh tuzildi.

Oʻrganish va tekshiruvlar olib borilmoqda. Oʻrganishlar davomida yongʻin xavfsizligi talablarining qoʻpol ravishda buzilishi aniqlangan obʼektlar faoliyati kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha toʻxtatiladi.

Eslatib oʻtamiz, 31 yanvar kuni "Aviator" savdo markazida sodir boʻldi. Oqibatda bir kishi vafot etdi. Hodisa sabab jinoyat ishi ochildi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid