platina.uz
Jamiyat

Agentlik: fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari tashqi manbalarga tarqalmagan

Ijtimoiy himoya agentligi shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida zarur chora-tadbirlar koʻrilayotganini bildirdi. 

Agentlik: fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari tashqi manbalarga tarqalmagan

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari tarqalganligi xususida bayonot berdi.

Agentlik axborot tizimlariga taalluqli ayrim maʼlumotlar Internet tarmogʻiga chiqib ketgani quyidagicha izohlangan:

Aytilishicha, dastlabki oʻrganishlar natijasiga koʻra, mazkur holat Agentlik tomonidan avval faoliyat yuritilgan eski maʼlumotlar bazasiga taalluqli.

Shu bilan birga, fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari tashqi manbalarga tarqalmagan.

Ayrim axborot saytlarida eʼlon qilingan maʼlumotlar holatning haqiqiy mazmuniga mos kelmaydi. Ayni paytda holat boʻyicha belgilangan tartibda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

"Fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Tekshiruv natijalari yuzasidan qoʻshimcha axborot belgilangan tartibda jamoatchilikka taqdim etiladi", deyiladi xabarda.

Avvalroq Statistika qoʻmitasi aholi maʼlumotlari alohida serverda xavfsiz saqlanayotganini bildirgan.

Roʻyxatga olish bilan bogʻliq maʼlumotlarining xavfsizligi boʻyicha xavotirga oʻrin yoʻqligi aytilgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid