Toshkentdagi yongʻinda bir odamning jasadi topildi
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri ham yetib borgan, yongʻin salkam 2 soatda oʻchirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Toshkentdagi yongʻin vayronalari ostidan bir kishining jasadi topilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Poytaxtdagi "Aviator" koʻngilochar markazida katta yongʻin chiqqandi. Olov salkam ikki soatda oʻchirilgan.
Voqea joyiga yangi tayinlangan vazir ham yetib borgan.