Endi 1 kunda faqat 1 ta bankdan onlayn kredit olish mumkin boʻladi
Agar bir JShShIR boʻyicha bir vaqtning oʻzida bir nechta kredit tashkilotlari soʻrov yuborsa, kredit byurosi faqat birinchi boʻlib yuborilgan soʻrovga javob beradi.

Endilikda 1 kunda faqat 1 ta bankdan onlayn kredit olishga ruxsat etiladi.
Nizomga koʻra, onlayn kredit olish uchun ariza berilganda, kredit tashkiloti avvalo foydalanuvchi maʼlumotlarini Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestrida tekshiradi.
Agar foydalanuvchi maʼlumotlari reyestrda topilmasa, onlayn kredit berish jarayoni davom ettiriladi.
Agar bir JShShIR boʻyicha bir vaqtning oʻzida bir nechta kredit tashkilotlari soʻrov yuborsa, kredit byurosi faqat birinchi boʻlib yuborilgan soʻrovga javob beradi.
Birinchi soʻrov yuborgan kredit tashkiloti ushbu JShShIR boʻyicha onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilsa, kredit byurolari mazkur JShShIR boʻyicha boshqa kredit tashkilotlariga 24 soat davomida soʻrov qabul qilinmasligi toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Avvalroq onlayn kredit olishda firibgarlikka uchraganlarning toʻlovlari toʻxtatilishi mumkinligi xabar berilgandi.