Tramp Venesuela rahbariyatiga Xitoy, Rossiya, Eron va Kuba bilan iqtisodiy aloqalarni uzishni buyurdi
Oʻz oʻrnida Amerika kompaniyalariga ustuvor ahamiyat berilgan holda, Qoʻshma Shtatlar bilan eksklyuziv hamkorlik talab etilgan.

Tramp maʼmuriyati Venesuela rahbariyatiga Xitoy, Rossiya, Eron va Kuba bilan iqtisodiy aloqalarni butunlay uzishni buyurdi.
Shuningdek, Amerika kompaniyalariga ogʻir neft sotishga ustuvor ahamiyat berilgan holda, Qoʻshma Shtatlar bilan eksklyuziv hamkorlikni talab qilindi, deb xabar berdi ABC News.
Senator Rojer Vikerning soʻzlariga koʻra, AQSh rejasi hozirda toʻla boʻlgan Venesuela neft tankerlarini nazorat qilishga asoslangan. Uning taʼkidlashicha, agar eksport qayta tiklanmasa, Karakasning moliyaviy inqirozga uchrashiga bir necha hafta qolgan.
"Biz u yerga qoʻshinlarni joylashtirish haqida gapirmayapmiz... Bu shunchaki bizning rejalarimizda yoʻq", dedi u. U strategiyani dengiz blokadasi va iqtisodiy bosim deb taʼrifladi.
Prezident Tramp allaqachon Venesuelaning vaqtinchalik hokimiyati AQShga sotish uchun 30 million barreldan 50 million barrelgacha neft oʻtkazishini, tushgan mablagʻ esa "Venesuela va Qoʻshma Shtatlar xalqi manfaati uchun" Vashington tomonidan nazorat qilinishini eʼlon qilgan.
Avvalroq Venesuelaning oʻgʻirlab ketilgan rahbari Nikolas Maduro AQSh sudida ayblovlarni inkor etgandi.
Aybdor deb topilgan taqdirda hokimiyatdan agʻdarilgan Venesuela yetakchisi bir necha oʻn yillik qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.