platina.uz
Jamiyat

“Metan zapravka”lardagi ish vaqtlari maʼlum qilindi

Qoʻshni davlatda yuz bergan texnogen ofat oqibatida Oʻzbekistonga gaz importi vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgandi.

“Metan zapravka”lardagi ish vaqtlari maʼlum qilindi

Viloyatlar va Toshkent shahrida metan gaz shoxobchalarining ish tartibi belgilandi.

Unga koʻra:

  • Toshkent shahrida 78 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi tonggi soat 06:00 dan kechki soat 23:00 ga qadar;
  • Andijon viloyatida 143 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi tonggi soat 05:00 dan kechki soat 17:00 ga qadar;
  • Namangan va Xorazm viloyatlarida tonggi soat 05:00 dan kechki soat 17:00 ga qadar;
  • Qoraqalpogʻiston, Fargʻona, Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida tonggi soat 06:00 dan kechki soat 18:00 ga qadar;
  • boshqa viloyatlarda tonggi soat 05:00 dan kechki soat 17:00 ga qadar ishlaydi.

Bundan tashqari vaqtlarda "zapravka"lar yopiq boʻladi.

Eslatib oʻtish kerak, qoʻshni davlatdagi gaz tarmogʻida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani uchun cheklovlar kiritilgan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid