platina.uz
Jamiyat

Xovos tumanida ham hokim oʻzgardi

Shu kunga qadar tuman rahbari sifatida ishlab kelgan Ulugʻbek Yoʻldoshev turli kamchiliklar sabab egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Xovos tumanida ham hokim oʻzgardi

Xovos tumanida hokim almashdi. Xovos tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda oʻtgan sessiya ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Erkinjon Turdimov oʻz nutqida tumanda bir qator muhim yoʻnalishlarda jiddiy qoloqlik va sustkashlik holatlari mavjudligini keskin tanqid qildi.

Kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish, investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalda yoʻlga qoʻyish, eksport hajmini koʻpaytirish kabi ustuvor masalalarda tuman birinchi rahbarining tashabbusi, masʼuliyati va talabchanligi yetarli darajada emasligini bildirdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Yoʻldoshev Ulugʻbek Xasanovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Deputatlar tomonidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Yuldashev Qomus Mirovich nomzodi Xovos tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Maʼlumot uchun, Qomus Yuldashev 1983 yilda Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida tugʻilgan. 2004 yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

Avvalroq Andijon viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar va Marhamat tumaniga hokim tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid