Islombek Ismoilov “Neftchi” klubi bosh murabbiyi boʻldi
Yaqindagina jahon chempionatida shov-shuv koʻtargan mutaxassis faoliyatini Fargʻonada davom ettiradi.

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasini Osiyo chempioni qilgan va jahon chempionati nimchorak finaliga olib chiqqan murabbiy – Islombek Ismoilov “Neftchi” jamoasi yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Margʻilon shahrida tugʻilgan Islombek Ismoilov boshchiligida “Neftchi” jamoasi oldiga kelgusi mavsumda quyidagi asosiy vazifalar qoʻyildi:
- chempionlikni saqlab qolish va mustahkamlash;
- Osiyo chempionlar ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish;
- jamoaning raqobatbardosh va uzluksiz rivojini taʼminlash.
Islombek Ismoilov Fargʻonada avval “Qoʻqon-1912” futbol klubini ham boshqargan.
Vodiy jamoalarida kechadan beri shov-shuvli tayinlovlar kuzatilyapti. Timur Kapadze Namanganga yoʻl olgan boʻlsa, Samvel Babayan Andijonda ishlaydi.