Timur Kapadze "Navbahor" bosh murabbiyi boʻldi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Indoneziya termasini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Timur Kapadze "Navbahor" bosh murabbiyi boʻldi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
"Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barcha masalalarni muhokama qilgan holda, jamoadagi kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan toʻliq kelishuvga erishdi", deyiladi "Navbahor" klubi bayonotida.
Tomonlar oʻzaro shartnoma imzoladi.
Oʻzbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Indoneziya termasini boshqarishi mumkinligi va ular bilan muzokaralar olib borgani xabar berilgandi.
Ammo u yakunda Superliga klubi bilan kelishuvga erishdi.
Eslatib oʻtamiz, Timur Kapadze qoʻl ostida Oʻzbekiston terma jamoasi JCh-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.