Boʻka tumanida ham hokim oʻzgardi
Zoyir Mirzayev ushbu lavozimga ayni paytda Parkent tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Sardor Isoqulov nomzodini tavsiya etdi.

Boʻka tumanida ham hokim oʻzgardi. Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi.
Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Begmatov Baxtiyor Paxriddinovich lavozimidan ozod etildi.
Zoyir Mirzayev Boʻka tumani hokimi lavozimiga ayni paytda Parkent tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Isoqulov Sardor Dadajonovich nomzodini tavsiya qildi.
Sardor Dadajonov tumanni kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan taqdimot qildi.
Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi Sardor Isoqulovni tuman hokimi etib tasdiqladi.
Avvalroq Guliston shahri va Gʻijduvon tumanida hokim almashgandi.