platina.uz
Jamiyat

Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi

Simob va uni oʻz ichiga olgan birikmalarni erkin sotish, sotib olish, saqlash yoki undan maishiy sharoitda foydalanishga ruxsat berilmaydi. U kuchli zaharlilik darajasiga ega. 

Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi

Buxoroda 35 ming AQSh dollariga simob sotgan shaxslar ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Buxoro shahrida yashovchi, 1998 y.t. shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1984 y.t. fuqaro oʻzaro til biriktirib, mamlakatimizda erkin sotilishi taqiqlangan, 3 dona flakonda boʻlgan jami 343 gr simob moddasini 35 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 185-1-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Simob va uni oʻz ichiga olgan birikmalarni erkin sotish, sotib olish, saqlash yoki undan maishiy sharoitda foydalanishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, u kuchli zaharlilik darajasiga ega boʻlib, mamlakatimiz hududida erkin aylanishi taqiqlanadi.

Avvalroq Toshkentda narkosavdogar oila qoʻlga olingandi.

Ular Tojikistondan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilib, poytaxtda sotish bilan shugʻullanib kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid