platina.uz
Jamiyat

Andijonda 24 haydovchi toza havoni buzishda ayblandi

Viloyatda “Toza havo” oyligi doirasida jami 30 ming 585 ta avtotransport vositasi koʻrikdan oʻtkazilgan.

Andijonda 24 haydovchi toza havoni buzishda ayblandi

Andijon viloyatida 24 ta avtotransport haydovchisiga 26 million 641 ming soʻm jarima belgilangan. Ularning mashinasi toza havoni buzgan deb topilgan.

Andijon viloyati ekologiya boshqarmasi va viloyat IIB JXX YHXB bilan hamkorlikda “Toza havo” oyligining 1 va 2-bosqichlarini oʻtkazishgan.

Ushbu qoʻshma rejaga asosan 2025 yil 1-bosqichda 14 ming ta 2-bosqichda 14 ming ta, jami 28 mingta avtotransport vositasii koʻrikdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirda jami 30 ming 585 ta mashina koʻrikdan oʻtkazilib, ulardan toksiklik darajasi va tutun miqdorining oshishi 108 ta, belgilangan meʼyorlarga keltirish uchun vaqtincha toʻxtatilgan avtotransportlarning 13 tasi nosoz deb topilgan.

Eslatib oʻtish kerak, 2026 yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta roʻyxatga olish taqiqlanishi kutilyapti.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid