platina.uz
Jamiyat

Zoyir Mirzayev byudjetdan 10 mlrd soʻm ajratdi

Mablagʻ "Nurafshon biznes markazi"dagi ijtimoiy soha obʼektlarga olib boruvchi ichki yoʻllar qurilishiga sarflanadi. 

Zoyir Mirzayev byudjetdan 10 mlrd soʻm ajratdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev pul ajratish boʻyicha farmoyishni eʼlon qildi. Hujjat 2025 yil 14 noyabr kuni chiqarilgan.

U "Nurafshon biznes markazi"dagi ijtimoiy obʼektlarga olib boruvchi ichki yoʻllarni qurishga sarflanadi.

"Viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil III-chorak yakuni bilan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Nurafshon biznes markazi” hududida joylashgan “Test sinovlarini oʻtkazishga moʻljallangan namunaviy tipdagi pavilon qurish” obʼektiga olib boruvchi va “Malaka oshirish instituti” obʼektidan “Kiberxavfsizlik instituti”ga olib boruvchi ichki yoʻllarni qurish xarajatlari uchun viloyat hokimligiga 10 000,0 mln. (oʻn milliard) soʻm mablagʻ ajratilsin", deyiladi hujjatda.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi huzuridagi davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ajratilgan mablagʻdan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatadi.

Biroz avval Nurafshonda nuroniylar va maʼrifat binolarini qurishga 4,6 mlrd ajratilishi maʼlum boʻlgandi.

Toshkent viloyatida yana boshqa xarajatlar bilan birga jami 18 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ sarflanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid