YuNESKO Oʻzbekistonga minnatdorlik bildirdi
Tashkilot Oʻzbekiston xalqi va hukumatining favqulodda samimiy qabul, saxovatli mehmondoʻstligini yuqori baholagan.

YuNESKO Samarqanddagi 43-sessiya yuqori darajada tashkil etilgani boʻyicha Oʻzbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Bosh konferensiya Oʻzbekiston hukumatining taklifiga binoan 2025 yil 30 oktabrdan 13 noyabrgacha Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi.
"Qadimiy sivilizatsiya va boy merosga ega boʻlgan Oʻzbekistonning madaniy xazinalari delegatsiyalar oʻrtasida oʻzaro tushunish va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga katta hissa qoʻshdi", deyiladi minnatdorlik xabarida.
Tashkilot Oʻzbekiston xalqi va hukumatiga favqulodda samimiy qabul, saxovatli mehmondoʻstlik va Konferensiya ishining eng yaxshi sharoitlarda oʻtkazilishini taʼminlash uchun koʻrilgan barcha choralar uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.
- Jumladan,tashkilot 43-sessiyani ajoyib Samarqand shahrida oʻtkazish imkoniyatidan alohida mamnuniyat bildiradi.
- Oʻzbekiston hukumatini barcha aʼzo davlatlar, assotsiatsiya aʼzolari va kuzatuvchilarning toʻliq ishtirokini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari uchun yuqori baholaydi.
- Oʻzbekiston xalqi va hukumatiga, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevga qoʻllab-quvvatlashi, Bosh konferensiya ehtiyojlariga eʼtibori va shaxsiy ishtiroki uchun samimiy va chuqur minnatdorlik bildiradi.
- Sessiyaning uzluksiz va samarali ishini taʼminlagan barcha oʻzbek xizmatlari va xodimlariga ularning ajoyib fidoyiligi va yuqori professionalligi uchun minnatdorlik bildirgan.