Saida Mirziyoyeva yangi kengashga hamrais boʻldi
Unga kengash tarkibini, reglamentini va faoliyat tartib-taomillarini tasdiqlash vakolati beriladi.

Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga Oʻzbekiston tomonidan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrais boʻldi.
Amerika tomonidan esa AQSh prezidenti vakili hamraislik qilmoqda. Avvalroq Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etilgandi. Uni tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvga davlat rahbarining 4−6 noyabr kunlari S5+1 sammiti doirasida AQShga tashrif chogʻida erishilgan edi.
Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbariga Oʻzbekiston tomonidan kengash tarkibini, reglamentini va faoliyati tartib-taomillarini tasdiqlash vakolati beriladi.
Shuningdek, farmonga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qoʻshimcha maslahatchi elchi — Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi kiritiladi. Maslahatchi elchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish, shuningdek, faoliyati reglamentini tasdiqlash Prezident administratsiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.