Navoiy va Surxondaryoda isitish mavsumi boshlandi
Koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa obʼektlarga qish mavsumida uzluksiz va bir meʼyorda issiqlik energiyasi yetkazib berilishi aytilgan.

Bugun, 3 noyabrdan Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ham isitish mavsumi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimlari farmoyish imzolagan.
Qayd etilishicha, kommunal xizmatlar koʻrsatilayotgan hududlardagi koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa obektlarga qish mavsumida uzluksiz hamda bir meʼyorda issiqlik energiyasi yetkazib beriladi.
Eslatib oʻtish kerak, Oʻzbekistonda hafta oʻrtalarida havo harorati keskin — shimoliy hududlar va Navoiy viloyati shimolida -5 darajagacha, togʻlarda -10 darajagacha pasayishi kutilyapti. Dushanba va seshanba kunlari deyarli barcha hududlarda yogʻingarchilik boʻlishi, togʻ va togʻoldi hududlari qor yogʻishi hodisalariga guvohi boʻlishi mumkin.
Bungacha Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona viloyatida ham isitish mavsumlari boshlangan edi.
Shuningdek, isitish mavsumida 1,1 milliondan ortiq ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan moddiy yordam beriladi.