platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb qoʻshma bayonot imzoladilar

Oʻzbekiston va Finlyandiya oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, foydali qazilmalar va taʼlim borasida hujjatlar toʻplami imzolandi. 

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb qoʻshma bayonot imzoladilar

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Yetakchilar huzurida turli yoʻnalishlarda, shu jumladan:

– savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;

– foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;

– geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;

– raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;

– ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;

– maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga raqamli taʼlim platformasini joriy etish boʻyicha hamkorlik;

– taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;

– raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-taʼlim salohiyatini oshirish;

– iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid