Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi
Avvalgi hokim pora bilan ushlanib, qamoqqa olingan edi.

Ayubxon Kamolov Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, bugungi shahar sessiyasida deputatlar hokimni tasdiqlab beradi. Kamolov Namangan viloyatida tugʻilgan.
Kamolov bungacha Markaziy bank raisi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Kecha u va yana bir oʻrinbosar ishdan ketib, oʻrniga 3 oʻrinbosar tayinlangan edi.
Kamolovning Namangan shahriga hokim boʻlishi haqida gap-soʻzlar avvalroq tarqalgan edi, ammo hokimiyatning oʻzi bu xabarlarni rad etgan.
Shaharning oldingi hokimi Anvar Otaxoʻjayev pora bilan ushlanib, qamoqqa olingan edi.