platina.uz
Jamiyat

Toshkent hokimi issiq suvning yangi narxlarini tasdiqladi

Qarorda narxlar rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi aytilgan, ammo bu qonunchilikka zid hisoblanadi.

Toshkent hokimi issiq suvning yangi narxlarini tasdiqladi

Toshkent shahar hokimi issiqlik taʼminotining yangi narxlarini tasdiqlab bergan. Hokim 22 avgustdagi deputatlarning qarorini maʼqullagan.

Veolia Energy Tashkent MChJ XK tomonidan koʻrsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun narxlar quyidagicha:

  • bazaviy tarif QQSsiz 711 641 soʻm/Gkal;
  • aholi uchun QQSsiz 139 860 soʻm/Gkal;
  • byudjet tashkilotlariga QQSsiz 952 797 soʻm/Gkal;
  • boshqa ulgurji xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarga QQSsiz 342 296 soʻm/Gkal.

Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi aytilgan. Ammo qonunchilikka koʻra, kommunal toʻlovlar narxi oshadigan boʻlsa, bu haqda 15 kun oldin OAV orqali xabar berilishi kerak.

Qarorga koʻra, har yili Toshkent shahar mahalliy byudjeti parametrlarini shakllantirishda aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash va investitsion xarajatlarni qoplash uchun zarur subsidiya mablagʻlari ajratiladi.

Shuningdek, aholiga issiqlik taʼminoti xizmatlari boʻyicha pasaytirilgan tariflar qoʻllanilishi natijasida yuzaga keladigan zararlar va investitsion xarajatlarga asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Toshkent shahar mahalliy byudjeti hisobidan har oyda subsidiyalar ajratish orqali qoplab beriladi.

Ushbu yangi narxlar xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan 22 avgustda maʼqullangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid