Shavkat Mirziyoyev AQSh delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuvda Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor hamda AQSh davlat kotibi oʻrinbosari Kristofer Landau ham qatnashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan. Uchrashuvda AQSh davlat kotibi oʻrinbosari Kristofer Landau va boshqa rasmiy shaxslar ham qatnashgan.
Muloqotda “yoʻl xaritasi” asosida sanoat, moliya, muhim minerallar, energetika, raqamlashtirish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi loyihalarga eʼtibor qaratilgan.
Shuningdek, xavfsizlik, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida sheriklikni mustahkamlash, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilingan.
Boʻlajak tadbirlar rejasi, jumladan, kelgusi hafta Vashington shahrida S5+1 formatidagi sammitni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqilgan.