Oksford universitetida oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrganiladi
Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrganiladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.
"Shuni quvonch va iftixor bilan aytmoqchimanki, Oksford universitetining ”Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida endilikda oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrganiladi.
Universitetdan Prezidentimiz rahbarligida Oʻzbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning eʼtirofi sifatida mukofot qabul qilganimdan xursandman", deydi Mirziyoyeva.

U Mirzo Ulugʻbekning “Ziji Koʻragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa koʻplab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishuv iliq taassurot qoldirganini taʼkidlagan.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva Oʻzbekiston paviloni Yaponiyada oltin medalga sazovor boʻlgani haqida xabar bergandi.