JCh-2026ga yoʻl olgan terma jamoalar soni 22 taga yetdi
Afrika va Janubiy Amerikada yangi jamoalar nomi maʼlum boʻldi, Yevropada esa hali kurash davom etmoqda.

2026 yilda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionatiga yoʻl olgan terma jamoalar soni 22 taga yetdi.
Soʻnggi kunlarda boʻlib oʻtgan oʻyinlarga koʻra Afrika va Janubiy Amerika qitʼalaridan yangi jamoalar final bosqichga yoʻl olishdi.
Yevropada hali oʻyinlar davom etmoqda. Ammo bugungi oʻyinlarda Angliya Latviyani va Portugaliya Vengriyani yutsa, mundialga qadam qoʻyishadi.
Oʻzbekiston JCh yoʻllanmasini allaqachon hal qilib boʻlgan. Yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligida terma jamoamiz kecha Urugvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:1 hisobida magʻlub boʻldi.
JCh-2026ga yoʻl olgan jamoalar:
- Mezbonlar: Kanada, Meksika, AQSh;
- Osiyo: Oʻzbekiston, Eron, Avstraliya, Yaponiya, Iordaniya, Janubiy Koreya;
- Afrika: Jazoir, Marokash, Tunis, Misr, Gana, Kapo-Verde;
- Okeaniya: Yangi Zelandiya;
- Janubiy Amerika: Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Urugvay.