Iqtisodiyot boʻyicha Nobel sohiblari eʼlon qilindi
Joel Mokir, Filipp Agion va Piter Xovitt ushbu mukofotni qoʻlga kiritishdi.

Iqtisodiyot boʻyicha Nobel sohiblari eʼlon qilindi.
Joel Mokir, Filipp Agion va Piter Xovitt iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti egalari boʻlishdi.
Mukofot ularning iqtisodiy oʻsish va innovatsiyalar nazariyasiga qoʻshgan fundamental hissasi uchun berildi. Bu nazariya texnologik oʻzgarishlar va "bunyodkor buzgʻunchilik" mamlakatlarning uzoq muddatli farovonligini qanday shakllantirishini tushunishga yordam beradi.
Joel Mokir - amerika-isroillik iqtisodiy tarixchi, Shimoli-gʻarbiy universitet va Tel-Aviv universiteti professori. U sanoat inqilobi va iqtisodiy oʻsishda fan va texnikaning rolini oʻrganadi. "Afinaning sovgʻasi" va "Boylik dastagi" muallifi.
Avvalroq tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti egasi eʼlon qilingandi.
Venesuelalik sobiq deputat Mariya Korina Machado "demokratik huquqlarni ilgari surish yoʻlidagi tinimsiz harakati" sabab Nobelga loyiq koʻrilgandi.