platina.uz
Sport

OFK Oʻzbekistonni 340 ming dollar jarimaga tortdi

Bu Oʻzbekiston-Qatar uchrashuvida futbolchilarni mukofotlash uchun BYD avtomobillarini maydonga olib kirilgani bilan bogʻliq. 

OFK Oʻzbekistonni 340 ming dollar jarimaga tortdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasini jarimaga tortdi.

Bu haqda OFK rasmiy saytida maʼlumot berilgan.

Bunga shu yilning 10 iyun kuni Oʻzbekiston-Qatar uchrashuvi tugashi bilan maydonga futbolchilarni mukofotlash uchun ajratilgan BYD avtomobillari olib kirilgani sabab boʻlgan.

OFK tartib-intizom qoʻmitasiga qaroriga koʻra, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 340 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi.

OFK mezbonlardan stadion hududida, maydon ichida va atrofida oʻz homiylari brendlaridan boshqa brendlar boʻlmasligini qatʼiy talab qiladi. Chunki, OFK JCh saralash oʻyinlari uchun har bir mezbon jamoaga pul toʻlaydi. Oʻzbekiston shu talabni bajarmagani uchun 340 ming dollar toʻlaydi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fabio Kannavaro Oʻzbekiston MTJ bosh murabbiyi boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid