platina.uz
Sport

Fabio Kannavaro rasman Oʻzbekiston MTJga bosh murabbiy boʻldi

Ammo OʻFA italiyalik mutaxassis bilan shartnoma shartlarini batafsil ochiqlamadi, shu jumladan, maosh masalasini ham.

Fabio Kannavaro rasman Oʻzbekiston MTJga bosh murabbiy boʻldi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra jahon chempionati ishtirokchisi, 2006 yilgi jahon chempionati gʻolibi, taniqli mutaxassis – Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi.

Bu haqda OʻFA rasman maʼlum qildi. Ammo OʻFA italiyalik mutaxassis bilan shartnoma shartlarini batafsil ochiqlamadi, shu jumladan, maosh masalasini ham.

Holbuki, bir necha kun oldin ommaviy axborot vositalarida Kannavaro 4 mln yevro maosh olishi haqida xabarlar tarqalganda "norasmiy va asossiz xabarlarga tayanmaslikni soʻrab, rasmiy va batafsil xabar" berilishini bildirgandi.

Kannavaro Toshkentga bugun yetib keldi. Xabarga koʻra, italiyalik murabbiy jamoani AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorlaydi. Murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:

  • Aujeniyo Albarella, yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);
  • Troize Fransesko, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);
  • Antonio Kimenti, darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoriya” va “Spal” klublarida ishlagan).

Italiyalik mutaxassisning maoshi haqida bugun soat 16:30 boshlangan matbuot anjumanida javob berilishi mumkin. Anjuman haqidagi eʼlon esa atigi 17 daqiqa oldin ommaga eʼlon qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid