platina.uz
Jamiyat

Namangan shahriga yangi hokim tayinlangani tasdiqlanmadi

Platina.uz sayti maʼlumotga oydinlik kiritish uchun hokimiyat bilan bogʻlandi.

Namangan shahriga yangi hokim tayinlangani tasdiqlanmadi

Bir necha kun avval turli telegram kanallarda Namangan shahriga yangi hokim tayinlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Platina.uz sayti maʼlumotga oydinlik kiritish uchun hokimiyat bilan bogʻlandi.

Shahar hokimiyatidagilarning tasdiqlashicha, ayni paytda hokimning birinchi oʻrinbosari Dilmurod Umurzaqov hokim vazifasini vaqtincha bajarib turibdi.

Markaziy bank raisi oʻrinbosari A.Kamolovning shaharga hokim etib tayinlangani haqidagi xabarlar oʻz tasdigʻini topmadi.

Ammo Namangan shahar hokimligi rasmiy saytidagi "Rahbariyat" boʻlimida qamoqqa olingan sobiq hokim Anvar Otaxoʻjayev hokim sifatida koʻrsatilgan.

Eslatib oʻtish kerak, sentabr oyi boshida Namangan shahar hokimi poyabzal ishlab chiqaruvchi MChJ rahbaridan 60 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganda ushlangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid