Avtomobilga gaz ballon oʻrnatganlar "texpasport" almashtirishi talab etilmaydi
Bu Prezidentning 12 sentabrdagi qarorida koʻzda tutilgan. Yangi tartib 2025 yil 1 noyabrdan boshlab kuchga kiradi.

Kelasi oydan avtomobiliga gaz ballon oʻrnatganlar "texpasport" almashtirishi talab etilmaydi.
1 noyabrdan boshlab avtomobilga gaz ballon oʻrnatilganidan soʻng "texpasport" (avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma)ni almashtirish talab etilmaydi.
Mazkur qoida Prezidentning 2025 yil 16 sentabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Joriy yilning 2025 yil 1 noyabrdan boshlab transport vositasiga gaz balloni oʻrnatilganligiga oid maʼlumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.
Avvalroq ishlab chiqarilganiga 50 yil boʻlgan avtomashinalardan foydalanish taqiqlanishi mumkinligi xabar berilgandi.
Mazkur qoida boʻyicha yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan hukumat loyihasi eʼlon qilindi. Yangi qoidalar 2026 yil 1 yanvardan joriy etilishi taklif qilingan.