platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda oqqand narxi pasayishi mumkin

Mamlakatga olib kiriladigan xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz soligʻi bekor qilinadi. 

Oʻzbekistonda oqqand narxi pasayishi mumkin

Oʻzbekistonda oqqand narxi tushishi mumkin.

Mamlakat hududiga olib kiriladigan xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz soligʻi bekor qilinadi.

Ushbu amaliyot 2025 yil 1 oktabrdan ishga tushadi.

Bu yengillik “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmonida (PF-67-son, 18.04.2025 y.) koʻzda tutilgan edi.

Ushbu hujjatga koʻra, 20 va undan ortiq ishchisi mavjud boʻlgan yuridik shaxslarga mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara toʻlovlari boʻyicha hisoblangan soliq summalarini 2025 yil 15 iyulda va 1 dekabrda boʻlib-boʻlib toʻlanishiga ruxsat ham berilgandi.

Eslatib oʻtamiz aprel oyi boshida ayrim zapravkalarda metan gaz narxi 4100 soʻmgacha oshgandi.

Oʻshanda benzin va gaz mahsulotlariga aksiz soligʻi 10 foizgacha koʻtarilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid