OAV: Netanyahu Qatardan uzr soʻradi
Qoʻngʻiroq Isroil bosh vaziri va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi chogʻida tashkil etilgan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Dohada HAMAS vakillariga qarshi uyushtirilgan va Qatar suverenitetini buzgan hujum uchun uzr soʻradi. Bu haqda Axios jurnalisti Barak Ravid xabar berdi.
"Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Qatar Bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Al-Tani bilan telefon orqali suhbatlashdi va Dohaga qilingan hujum paytida Qatar suverenitetini buzgani uchun uzr soʻradi. U qatarlik qoʻriqchining oʻlimidan afsus bildirdi", - deb yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“Qoʻngʻiroq Netanyaxu va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi chogʻida boʻlib oʻtdi”, — deya qoʻshimcha qildi jurnalist.
9 sentabr kuni Isroil Qatar poytaxti Dohaga zarbalar berdi. Isroil mudofaa kuchlariga koʻra, nishon HAMAS yetakchilari boʻlgan.
HAMAS rahbariyatining barcha yuqori martabali aʼzolari hujumdan omon qolgan, biroq olti kishi, jumladan guruhning bosh muzokarachisi Xalil al-Hayyaning oʻgʻli halok boʻlganini aytildi. Qatar xavfsizlik xizmati xodimi ham halok boʻlgan.
Oʻzbekiston ham mazkur hujumni qoralab chiqqandi.