Toshkentda mahalliy byudjetdan jami 137 mlrd soʻmga yaqin pul ajratiladi
"Toshkent invest kompaniyasi”ning ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun 50 mlrd soʻm hamda “Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarma”siga ham shuncha mablagʻ (jami 100 mlrd soʻm) beriladi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan byudjetdan jami 136 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi. Qaror 2025 yil 29 sentabr kuni imzolangan.
Jumladan, Toshkent shahar hokimligining taklifiga asosan, Respublika byudjetining 2025 yil I-chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining oshirib bajarilishidan Toshkent shahar mahalliy byudjetiga oʻtqazib berilgan qismi hisobidan turli xarajatlarni moliyalashtirish uchun 126 726,8 mln soʻm;
- Respublika byudjetining 2025 yil I-chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlar hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalariga mavsumiy gul koʻchatlarini ekish ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun oʻn milliard soʻm mablagʻlar ajratiladi.
Birgina "Toshkent Invest kompaniyasi”ni ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun 50,0 mlrd soʻm hamda“Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarma”siga 50,0 mlrd soʻm (jami 100 mlrd soʻm) beriladi.
Past kuchlanishli tarmoqlarda 319 km elektr tarmoqlari va 209 dona transformator punktlarini yangilash maqsadida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 24 mlrd soʻm beriladi.
Qoʻshimcha ajratilgan 10 mlrd soʻm qay tarzda sarflanishi quyidagi rasmda keltirilgan.

Avvalroq Samarqandda ikki qaror bilan byudjetdan 100 mlrd soʻmdan oshiq mablagʻ ajratilgandi.
Qarorlarning birida Mustaqillikning 34 yilligini tantanali nishonlash, Samarqand shahri koʻchalarini bezatish, mehmonlarni kutib olish va boshqa xarajatlarga 10 mlrd soʻm berilishi yozilgan.