Prezident qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi
Taʼtil 2025 yil 29 sentabrdan boshlandi. Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida ham taʼtilga chiqqandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 29 sentabrdan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bir necha kun avval Shavkat Mirziyoyev huzurida paxta hosili yigʻimi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, investitsiya va eksport koʻrsatkichlari ijrosi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar tahlili yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtgandi.
Undan avval prezident toʻrt kun davomida AQShda boʻlib, BMT sessiyasida nutq soʻzladi, qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
Prezident joriy yil yanvarida ham qisqa taʼtilga chiqqandi.